Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum/Arxiv/Bosh sahifa/2012

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Request for translation. Yanka Kupala and Yakub Kolas

[manbasini tahrirlash]

Warm greeting from Belarusian Wikipedia! This year we celebrate 130. birthday of Belarusian great poets en:Yanka Kupala and en:Yakub Kolas Could you help us to translate articles into your unique and honourable language? Thank you in advance!--Rymchonak 06:19, 16 yanvar 2012 (UTC)

Nega ba'zi belgilar (apostroflar) ko'rinmayapti?

Internet Explorerda ʻ va ʼ belgilari koʻrinmasligi mumkin, bu muammoni hal qilish uchun Opera yoki Firefox brauzerlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
Apostroflar - ʻ va ʼ klaviaturada bormi? Aydin Mammadov 22:05, 04 mart 2012 (UTC)

Vikipediyachilar orasida bu maqola haqida qarama-qarshi fikrlar paydo boʻldi. Maqola bagʻishlangan shaxsiyat eʼtiborga loyiq, shaxsan Condoleezza Rice qoʻlidan Xalqaro Jasur Ayollar Mukofotini olgan. Boshqa tomondan esa Oʻzbekistonda huquqparvarlik mavzusida maʼlumot beruvchi veb-saytlar toʻsilmoqda, shu jumladan oʻzbekcha Viki ham. Menimcha, oldimizda ikkita tanlov bor:

  • UzVikini Oʻzbekistonda taqiqlangan axborotdan tozalash va toʻsiq bekor qilinishiga erishish.
  • Faqatgina Vikipediya serverlari joylashgan Kaliforniya shtati qonunlariga binoan ish tutish (Kaliforniyada taqiqlanmagan axborotni saytda qoldirish).

Tarozining bir pallasida Oʻzbekiston internet-auditoriyasi, ikkinchi pallasida esa Vikipediya prinsiplari turipti. Kim nima deydi? Abdullamunozara 06:55, 4 may 2012 (UTC)

Bildirilgan fikrlar
  • Abdulla, bu masalada men to‘liq-to‘kis o‘zbek Vikipediyasining O‘zbekistonda to‘siqsiz ochilishini xohlayman va buning uchun har qanday chora ko‘rilishini qo‘llab-quvvatlayman. --Casual (talk) 07:59, 4 may 2012 (UTC).
  • Fikrimcha „UzVikini Oʻzbekistonda taqiqlangan axborotdan tozalash va toʻsiq bekor qilinishiga erishish“ muhimroq. Aks holda, UzVikini rivojlantirish yoʻlidagi harakatlar zoya ketadi va eng yomoni sayt toʻsilib qolaveradi. Lyncos (talk) 08:47, 4 may 2012 (UTC)
  • Oʻzbek Vikipediyasi Oʻzbekistonda ochilishi uchun Oʻzbekiston hukumatiga yoqmagan maqolalarni oʻchirish kerak deb oʻylamayman. Oʻzbekiston hukumati istasa Vikipediyani toʻsadi, istamasa toʻsmaydi. Vikipediya ochiq boʻlgan paytda ham oʻzbeklar faol tahrir qilishmagan. Nataev (talk) 12:35, 4 may 2012 (UTC)
  • Salom hurmatli Vikipediya foydalanuvchilari va administratorlari. Avvalambor shuni taʼkidlab oʻtishim jozki, man Vikipediya saytida yangi ishtirokchiman, LEKIN Vikipediya saytidan anchadan beri foydalanaman.
  1. Birinchidan bu saytga kim qaysi maqolani qoʻyishni yoki kimga yoqish yoqmasligini na siz va na man hal qilolmaymiz (sizlarga offence qilmoqchimasman, lekin bu saytning oʻz qonun qoidalari bor va u "Ochiq ensiklopediya deb aytiladi). Man bu yerda Oʻzbekiston hukumati va unga qarshi shahslar orasida tarafkashlik qilmoqchimasman, agar mani Mo'tabar Tojiboyeva haqida yozgan maqolam obektivlik qoidalariga mos kelmasa uni oʻchirishlaringiz oʻrinli boʻlardi, chunki vikipediya saytini nizomida faqat shu holatdagina maqola oʻchiriladi deyilga, boshqa holatlar esa Vandalizm hisoblani buni qilgan foydalanuvchilar vikipediya saytidan oʻchirilishlari lozim. Bu vikipediya saytining 1-qoidasi.
  2. Ikkinchidan, hurmatli Foydalanuvchi:Casual sizning birtomonlama mantiqingizga mantiqan qoʻshilolmayman, CHUNKI Oʻzbekistonda vikipediya saytining oʻzbek boʻlimining yopilishiga undagi oʻzbekiston hukumatiga qarshi sabab boʻlgan deb bilmayman, isbot sifatida sizga Oʻzbekistonda vikipediyaning boshqa tildagi variantlari ishlab turganini aytish kifoya deb bilaman (Oʻzbek huumatiga qarshi materiiallar ingliz, rus, ispan, fransuz tillardagi vikipediyalarda tiqilib yotibdi). Undan keyin Vikipediyaning oʻzbek versiyasida Oʻzbekiston hukumatiga qarshi materiallar yoʻq hisobi (Moʻtabar Tojiboyevadan boshqani shahsan koʻrmadim). Mani fikrimcha Oʻzbekiston hukumati oʻzbek vikipediyasini hukumatga qarshi materiallar bilan toʻlib ketishidan hayqib buni oldini olish maqsadida yopgan bu sahifani. Undan keyin orangizda hech kim kafolat berolmaydi, agar hamma Oʻzbekistonga qarshi materiallarni oʻchirsak oʻzbek vikipediyasi qaytadan ochilishiga (albatta shunaqa shartnomangiz boʻlmasa hukumat va sizni orangizda).
  3. Uchinchidan bu yerdagi unday maqolalarni cheklash shahsan manga oʻhshagan odamlarni hafsalasini pir qiladi, chunki mani soham koʻproq siyosat va geopolitika bilan bogʻliq, agar man obektiv maqolalarni oʻzbek tilida yozmoqchi boʻlsam sizning bu yangi qoidangiz bevosita manga katta toʻsiq qoʻyadi (lekin man oppositsiya tarkibiga kirmayman). Albatta man oʻzbekistonda vikipediya yopilishiga qarshiman, lekin Oʻzbekiston halqini bir tomonlama (huddi sovet hukumati va hozirgi oʻzbekiston qilganidek) bilim berib ularni omi boʻlib qolishiga sabab boʻluvchi inson boʻlishni rad qilaman. Oʻzbekistonda oʻzgarishlar roʻy berishiga va fikrlar hilma hilligi rivojlanishiga ishonaman, ana shu paytda biz ham hozirgi rejimga „yordam berganlar“ degan qora roʻyxatiga tushib qolishdan oʻzimizni asrashimiz lozim. Agarda biz obektiv va neytral boʻlib qolsak na u yoq taraf na bu yoq taraf bizga hamla qilolmaydi.
  4. Toʻrtinchidan Oʻzbekistonda vikipediya ochilishi uchun uni muhim maʼlumotlardan tozalab propaganda saytiga aylantirishdan koʻra boshqa choralarni oʻylab koʻrishni taklif qilaman. Misol uchun taʼqiqlangan saytni ochishni reklama qiladigan programmalar linklar(ularni tarqatishni va buning oqibatlarini oʻz maʼsuliyatimga olishga tayyorman)ini tarqatish va internet foydalanuvchilariga shu orqali kirish imkoniyatini yaratish yoki agar boshqa usullari boʻlsa.
Hullas fikrlarimdan bilgan boʻlsangiz kerak man maqolalarni qaysidir tashkilotga yoki hukumatga „yoqmagani“ uchun saralashga qarshiman. Eʼtiboringiz uchun rahmat Kommunist Xursand.abdullayev (talk) 10:53, 14 may 2012 (UTC)

Bureaucratship

[manbasini tahrirlash]

OzodlikOnline

[manbasini tahrirlash]

Hurmatli vikipediyachilar biz oʻzbek vikipediyasi haqida bilmaganlarga bildirishimiz zarur ajab emaski OzodlikOnline orqali suhbat qursak koʻpchilik oʻzbeklar bu haqida xabar topar.Mirzoulug'bek (munozara) 18:38, 16 dekabr 2012 (UTC).

Balki tarafsizlik qilayotgandirman, lekin bizda toʻsilgan Vikipediyani bizda toʻsilgan boshqa sayt orqali reklama qilib, mansabdorlar koʻzida Vikipediyani unga aloqador qilib koʻrsatishni befoyda deb oʻylayman. Abdulla munozara 05:51, 17 dekabr 2012 (UTC)
 Qarshiman Abdulla akaning fikrlariga qo`shilaman. Mening fikrim wikipedianing O`zbekiston hududida to`silmasligiga erishish muhim, kerak bo`lsa wikipedia uchun keraksiz maqolalarni o`chirib bo`lsa ham. CoderSI munozara 08:11, 17 dekabr 2012 (UTC).

Endi mumkun qadar har kun ertalab (chunki ko'pchilik ertalab ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar bilan tanishadi) yanggi habar va yangiliklarni joylab turish kere. UzWikipedia ni o'zidagi yangiliklarni ham mumkin qadar, tez-tez yangilab turilsa maqsadga muofiq bo'lardiMrErgashev (munozara) 04:38, 19 dekabr 2012 (UTC).

Yaxshi, yangilik tayyorlanishi bilan FB va OK guruhlarga ham qoʻyishga harakat qilamiz. Darvoqe, kecha Vikipediyamizga tashriflar soni keskin oshib ketdi. Abdulla munozara 06:04, 19 dekabr 2012 (UTC)

Hurmatli ishtirokchilar! UzWikidagi barcha fayl (tasvir, audio, video va hk) lardan voz kechib, faqatgina VikiOmbordan foydalanishni taklif etaman. Ispanlar, shvedlar, polaklar va hk vikichilar ham shunday qarorga kelishgan. Abdullamunozara 10:48, 19 iyun 2012 (UTC) PS. Bunday qaror mualliflik huquqlarini buzishga qarshi qaratilgan. VikiOmbor talablari juda qatʼiy, litsenziyasiz fayllarni olishmaydi, shunday qilsak UzWikiga UzRAAP kabi tashkilotlar tirkalmaydi. Abdullamunozara 10:57, 19 iyun 2012 (UTC)

  1. Mualliflik huquqlarini o'ylab qilingan ish yaxshikuya, lekin ba'zi rasmlarni joylashda istisnolar qilinsa yaxshi bo'lardi. Misol tashkilotlarning hammaga ma'lum bo'lgan logotiplarini joylashda. Man Jahon banki, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi haqida maqola yozdim. Bu logotiplar hamma yoqda bor va erkin. Lekin commons ga joylanmagan. Man joylasam udalit qilishdi. Bu kabi logolar rus va ingliz wikipedialarida mavjud. Xullas, yuqoridagi cheklovlardan voz kechib shu kabi rasmlar joylanishiga ruxsat berilsa maqolalar chiroyli va qiziqarli chiqardi!!!MrErgashev (munozara) 12:38, 12 noyabr 2012 (UTC).
Men Osiyo Olimpiya Kengashi sahifasiga siz joylay olmagan rasmni joylab qoʻydim. Nimaga hech qaysi vikipediya bu rasmni commonsga yuklamagan, har qaysi oʻz media omboriga yuklashga majbur boʻlgan, shunga hayronman.
Rasmni olib tashlang. Litsensiyasi CC emas, wikimedia commonsdan mas va qayerdan olingan joyida "Own work"??? Uziz chizdizmi? Ancha muncha qonunga qarshi ishlar qibsiz... -- Azim munozara 01:18, 13 noyabr 2012 (UTC)
Nominatsiyaga qoʻydim.
Mualliflik huquqlarinini buzmaslik kerak. Shundoq ham uz.wikipedia.org toʻsilgan, mualliflik huquqlari buzilishi shu toʻsilish sabablaridan biri boʻlsa-chi? Abdulla munozara 07:32, 13 noyabr 2012 (UTC)

Расмни қўйиб яхши қибсиз раҳмат! Мана энди мақола эстетик жиҳатдан ҳам чиройли бўлди. Яна савол Ўзбек вики омборига расмла қандай жойланади? Ким томонидан қандай номинацияга қўйилди? Илтимос Имзо билан ёзила! MrErgashev (munozara) 03:52, 13 noyabr 2012 (UTC).

Oʻchirishga nominatsiyaga qoʻydim --CoderSI munozara 03:54, 13 noyabr 2012 (UTC)

Tanlangan maqola

[manbasini tahrirlash]

Hurmatli ishtirokchilar! Menda bir fikr bor edi, Oʻzbekcha Vikipediyadagi tanlangan maqolalar sonini orttirsak yaxshi bo'lardi, buning uchun har bir faol foydalanuvchi har ikki oy davomida bittadan tanlangan maqola yozsa qanday qaraysizlar. Hurmat bilan Amir.Temur (munozara) 05:08, 22 dekabr 2012 (UTC).

Yaxshi taklif, lekin menga hozircha hafsala yetishmayapti :-) Abdulla munozara 06:42, 24 dekabr 2012 (UTC)

Maqolalarni nomlash

[manbasini tahrirlash]

Hurmatli ishtirokchilar, maqolalarni, xususan geografiyaga oid maqolalarni nomlashda qanday qoidaga rioya etish tarafdorisizlar? Vena shahri deyish kerakmi, yoki Vena (shahar)? Sirdaryo daryosi yoki Sirdaryo (daryo)? Iltimos, fikrlaringizni qoldiring. --Casual (talk) 09:36, 30 iyun 2012 (UTC).

  • Vena shahri, Sirdaryo daryosi deb yozilishi tarafdoriman. Lyncos (talk) 09:02, 1 iyul 2012 (UTC)
  • Sirdaryo oʻz nomi bilan ketyapti. Bunday maqolalarga daryosini qoʻshmasdan qoʻysa ham boʻlaveradi deb, oʻylayman. Vena shahri, Bishkek shahri desa toʻgʻri boʻladi. Mirzoulug'bek (talk) 09:09, 1 iyul 2012 (UTC).
Sirdaryo viloyati ham borku? Lyncos (talk) 09:33, 1 iyul 2012 (UTC)
  • Sirdaryo (daryo) deb nomlash tarafdoriman. Nataev munozara 11:00, 3 iyul 2012 (UTC)
  • Oʻylab koʻrib, izohlarni qavs ichiga solish yaxshi, degan fikrga keldim. Standart saqlanadi. Abdulla munozara 12:41, 3 iyul 2012 (UTC)
  • Qavs ichiga olish tarafdoriman. Eslatib o'tish joizki, izohlar maqola nomi bir necha ma'noni bildirgan holdagina ishlatiladi.. --Sociologist--munozara-- 21:02, 3 iyul 2012 (UTC)
  • Shahar nomini birinchi oʻringa qoʻyish kerak deb oʻylayman. Yaʼni qavslarsiz nom berish kerak. Lekin Beruniy, Juma, Payshanba, Sirdaryo soʻzlari bundan mustasno, chunki ularga (shahar) soʻzini qoʻshmasa ular aynan boshqa maʼnoni (buyuk olim, hafta kunlari, daryo nomi va b.) anglatadi. Shahardan boshqa maʼnolar ham shu tartibda davom etishi kerak, qavslarni faqat zaruriyat tugʻilgan holatdagina qoʻyish tarafdoriman. Viloyat, tuman va boshqalar toʻliq yozilishi kerak. Samarqand (viloyat) deb emas, balki: Samarqand viloyati, Nurobod tumani (boshqa vikipediya boʻlimlari kabi). Samarqand nomi esa faqat shaharni anglatishi kerak - CoderSI munozara 17:52, 7 yanvar 2013 (UTC).

Yangi nomfazolar ochish

[manbasini tahrirlash]

Hurmatli foydalanuvchilar, Vikpediyamizda Portal va Loyiha nomfazolarini ochsak deyman. Iltimos, bu haqda oʻz fikringizni bildiring.--Sociologist--munozara-- 16:00, 19 iyul 2012 (UTC)

Portalni ochish uchun vikipediyaga maqolalarni toʻliq yozish kerak. Hatto oʻzbek vikipediyasida 5-6 maqoladan boshqa maqola chala yozilgan ku. Holid2012 (talk) 17:10, 19 iyul 2012 (UTC).
Oʻzbek Vikipediyasiga xush kelibsiz! Yana bir yangi ishtirokchi paydo boʻlganidan xursandman. Umid qilamanki Siz faol vikipediyachilar qatoriga qoʻshilasiz va uzwikini rivojlanishiga boy hissa qoʻshasiz. Biz faqatgina Portal nomfazosini ochmoqchimiz, keyinchalik (bir oy, bir yil, bir necha yildan keyinmi) biron-bir tematik portal yaratmoqchi boʻladigan ishtirokchilar uchun. Ungacha, albatta, maqolalarni yaxshilash kerak boʻladi.--Sociologist--munozara-- 17:52, 19 iyul 2012 (UTC)
Men ochish tarafdoriman. Nataev munozara 17:58, 19 iyul 2012 (UTC)
 Roziman, kelajakda kerak boʻladi. Abdulla munozara 12:09, 30 iyul 2012 (UTC)
Yangi nomfazolar yaqinda ochiladi. Abdulla munozara 06:11, 10 sentabr 2012 (UTC)
Yangi nomfazolar ochildi. Abdulla munozara 12:46, 19 sentabr 2012 (UTC)

Latin-Cyrillic converter

[manbasini tahrirlash]
SPQRobin and Nataev at Wikimania 2012

Hello, first of all sorry for writing this in English. I would like to say that the software now has a Latin-Cyrillic "language converter" for Uzbek, that I added with the help of User:Nataev. A converter allows you to view a page in either the Latin or Cyrillic script, regardless of whether the page is written in Latin or Cyrillic. A similar feature is present on e.g. the Kazakh wikis. There will be a tab on each page here to select the variant, or you can specify one in your preferences. It will be available probably from 15 August, and earlier on the Uzbek Wiktionary, Wikibooks and Wikiquote. For any questions, please ask on my Meta talk page. Thanks, SPQRobin (talk) 20:14, 28 iyul 2012 (UTC)

  • Thank you for doing this, Robin! I talked to other users on Uzwiki and we all think that entries in the Uzbek Wikipedia should be written in the Latin script only, but users should be able to view pages in both scripts. More and more people are starting to use the Latin script. It will be enough to have a tab on each page that allows users to views pages that have been written in the Latin script in Cyrillic. Thank you again for your help! Nataev munozara 10:19, 29 iyul 2012 (UTC)
  • Thank you for your help, SPQRobin! I also agree with Nataev in writing pages only in Latin, but having ability to read them in both scripts. Casual (talk) 10:29, 29 iyul 2012 (UTC).
  • I also appreciate your efforts. Alternative script tab would be useful until full transition to Latin in Uzbekistan. Abdulla munozara 06:05, 30 iyul 2012 (UTC)
  • The converter is working just fine. Many thanks to SPQRobin! Nataev munozara 08:07, 17 sentabr 2012 (UTC)

Turkiy Vikilar

[manbasini tahrirlash]

Foydalanuvchi:Abdulla nega qirgʻiz vikisiga maslahat beryapti, ularga yordam qilishning nima keragi bor, degan savollar tugʻilishi mumkin. Biroq men nafaqat ularga, balki turkcha Vikipediga ham maslahat qildim. Gap shundaki, til guruhlari orasida turkiy vikilar xitoy tillaridagi vikilardan orqada ekan, shunga qardosh vikilarga yordam qilmoqchi boʻldim. Abdulla munozara 11:03, 2 Avgust 2012 (UTC)

  • Salom. Hammaga savol.

Mani bir narsa qiziqtirib qoldi, nima sababdan Oʻzbek wikipediyasida maqolalar, Qozoq wikipediyasidagi maqolalardan ancha kam? Ustunlik faqat sonda bo'lsa kerak degan hayolda, Qozoq vikipediyasini aylanib chiqdim, yo'q sifati zo'r, hammasi a'lo darajada! Adminstratorlar ham biznikidan ko'p, foydalanuvchilar ham. Qo'shnilarimizning muoffaqqiyati nimada? "WikiBilim" dami? Agar, shunday bo'lsa, biz ham shunday yo'ldan borsak bo'lmaydimi? Shunchaki aholi va yoshlar jon boshiga ko'p bo'la turib, bizning bu passivligimizga hayronman? MrErgashev (munozara) 18:19, 10 dekabr 2012 (UTC).

Ha, muvaffaqiyat sababi WikiBilim, ularga ajratilgan $300 ming, yuz mingga yaqin maqola yaratgan bot, Qozoq Ensiklopediyasidan koʻchirilgan maqolalarda. Qolaversa, Oʻzbekiston hududida boʻlsangiz, bu yerdagi birinchi natijaga kirib koʻring, msn.com saytiga yoʻnaltirilasiz. Aholi va yoshlar Vikipediyaga kira olmaydi, MSN saytini esa tahrir qila olmaydi. Abdulla munozara 10:11, 11 dekabr 2012 (UTC)
  • Tushunarli, o'zim ham msn.com asosiy sababladan biri bo'sa kere dib o'ylaganidim. Keyin man buni sababini, katta kuch talaba, yoshla Internet diganda odnoklassnikini tushunmoqdami dib havotir ovotganidim. Rasmiy ravishda Axborot agentligimi, umuman aloqador idoralarga murojat qilib To'silmasligini so'rasa bo'lmaydimi?
  • Keyin, Toshkentdaman. https ni terib bemalol uz.vikipediyani ochib maqola tahrir qivomman.MrErgashev (munozara) 12:57, 11 dekabr 2012 (UTC).
    Davlat aloqa qoʻmitasiga bir necha bor email yubordim, javob haligacha yoʻq. Men ham Toshkentdaman, HTTPS orqali kiraman, lekin bunday yoʻlni koʻpchilik bilmaydi. Abdulla munozara 07:43, 13 dekabr 2012 (UTC)
  • Qo'limizdan kelganicha harakat qilib qozoqlarga etib olish kerak, botlar yordamida ham ko'plab maqola qo'shish kerak deb o'ylayman. Hurmat bilan Amir.Temur (munozara) 14:33, 11 dekabr 2012 (UTC).
    Son ketidan yugurib, sifatni qoʻldan chiqarishimiz mumkin. Tanlangan (ularda 17 ta, bizda esa 28 ta) va yaxshi maqolalar soni boʻyicha qozoqlardan oshsak bas. Abdulla munozara 07:43, 13 dekabr 2012 (UTC)

"Ў", "Ғ" va "Ъ" harflarining lotin alifbosida ifodalanishi to‘g‘risida

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum, uzwikipediya ishtirokchilari, mening taklifim shundan iboratki, lotin alifbosida apostroflarni ishlatishda

  • ʻ ʼ (ASCII: ?, ?)

lar o'rniga quyidagi belgilardan foydalanish zarur deb hisoblayman:

  • ‘ ’ (ASCII: 145, 146)

Afzalliklari

  • 1) Oldingi variantda: agar giperbog‘ ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borsangiz, ʻ va ʼ belgilaridan keyin so‘zning qolgan qismi qatorning ostiga tushib qoladi. Bu shuni anglatadiki, bu turdagi apostroflar hamma shriftlarga ham tushavermaydi (Bu apostroflar qaysi alfavitdan olingan - bilmayman). Men tavsiya qilayotgan apostroflar esa bemalol hamma shriflarga tushib ketaveradi.
  • 2) Agar yuqoridagi apostroflar ishlatilgan matnni Word muhitiga o‘tkazsangiz (nusxalasangiz) apostroflar to‘rtburchak shaklga o‘tib qoladi (Dastur tanimaydi). Men tavsiya qilayotgan apostroflar barcha dasturiy muhitlarga ko‘chadi.
  • 3) Men tavsiya qilayotgan apostroflardan, hattoki, ruscha va oʻzbekcha vikipediyalarda ham foydalanilgan ([Oʻzbek yozuvi], [Узбекская письменность]). Men ham o‘z dasturlarimda doim shu apostroflardan foydalanganman.

Barcha harflar bilan bir maromda mos yozilmaydigan apostroflardan nima naf?

Qo‘shimcha takliflar:

  • Yoki sahifani saqlash vaqtida, yoki bot-dasturlar yordamida barcha ' belgilari mos ravishda va belgilariga o‘tkazilsin. Foydalanuvchi ' belgisidan bemalol foydalansin, qolgani dasturning zimmasiga yuklatilsin. Ularni ajratib olish qiyin emas. Ma’salan "o" va "g" harflaridan so‘ng belgisi, qolgan boshqa holatlarda belgisi ishlatilishi ta’minlansin. Hatto "s" va "h" o‘rtasida ham. Yoki "Vikifikator" orqali ham to‘grilash mumkin. — Bu xabarni CoderX (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Salom! Fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashganingiz uchun rahmat. Bu yerda ishlatiladigan apostroflar okina deyiladi. Nega okina ishlatamiz? Chunki u soʻzlarni boʻlmaydi. Taqqoslang: okina bilan va boshqa apostrof bilan. Birinchi link aynan boʻri (hayvon) haqida, ikkinchisi esa "bo" va "ri" soʻzlari haqida natija beradi. Eng muhimi shu, soʻz doim yaxlit boʻlishi kerak. Siz tasvirlagan texnik muammolar menda yoʻq (Firefox 15.0.1, Microsoft Word 2010). Ruscha Vikipediyada bu borada xato ketgan, oʻrniga olmoncha maqolani qarashni tavsiya etaman. Bot bilan tuzatish haqida: buni qilib koʻrdim, lekin vikimatn bilan kelishmovchilik chiqqani uchun bekor qildim. Vikifikator bilan ishlagan maʼqul. Abdulla munozara 10:57, 19 sentabr 2012 (UTC)
Rasm Faqat sarlavhada ko'rinishida farq qiladi (Unicode belgilari bo'lganligi tufayli). Yana bitta muammo: internet tarmog'i foydalanuvchilari siz aytayotgan belgilar bilan emas, balki komputer klaviaturasida mavjud bo'lgan belgilardan ( ` va ' ) foydalanadi. Masalan ‘ belgisi va ` belgisi bilan qidirilganda Oʻzbekiston maqolasi umuman chiqmaydi. Misol sifatida Chig'atoy tili maqolasini olaylik (oldingi saqlangan nomi bo'yicha), bu holatda uz.wikipedia.org sahifasi birinchi o'ringa chiqadi. Agar ʻ va ʼ belgilari ishlatilsa, shu tarzda internet foydalanuvchilari uz.wikipedia.org sayti ma'lumotlaridan yiroqda qolib ketaveradilar (bu belgilar ishlatilmaydigan so'zlarni hisobga olmaganda). Qolganlari siz tavsiya qilgan dasturlar orqali hal bo'ladi.
Vikimatn masalasida: faqat yakka holda qatnashgan ' (apostroflar) almashtirilsa, hamda [[]] belgilari ichiga olingan so'zlar o'z holicha qoldirilsa, muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.--Coderx (munozara) 15:41, 19 sentabr 2012 (UTC)
Yangiroq dasturiy taʼminot (xususan, Windows 7) bilan skrinshotdagi muammo boʻlmaydi. Berganingiz linklarning barchasida uz.wikipedia.org dan natijalar chiqdi (harholda, menda). Foydalanuvchilar topishi qulay boʻlsin uchun redirectlar qilamiz. Vikimatn borasidagi maslahatingiz uchun rahmat, botni yana bir bor ishlatib koʻrarman. Abdulla munozara 06:15, 20 sentabr 2012 (UTC)

Yangi dastur

  • Oʻzbekcha Vikipediya uchun maxsus dastur ishlab chiqildi. Bu dastur klaviatura orqali harfdan keyin kiritilgan ` va ' belgilarini okina (ʻ) va tutuq belgilariga (ʼ) avtomatik almashtiradi. Bu dastur brauzerdan boshqa dasturlarda ham ishlaydi. CoderSI munozara 21:02, 27 noyabr 2012 (UTC).

http://fikr.uz/posts/10437.html

  • Ajoyib soft! Lekin menda muammo chiqdi: apostroflarni almashtirmayapti, balki qoʻshyapti, masalan to'r deb yozsam, to'ʼr hosil boʻldi. Abdulla munozara 08:02, 28 noyabr 2012 (UTC)
    Dasturni yangiladim. Menda bu holat bir qadar oldingi versiyalarida mavjud edi. CoderSI munozara 17:28, 29 noyabr 2012 (UTC).

Yangi klaviatura terilmasi

http://fikr.uz/posts/10437.html

uz-latn -> Lotincha, uz-cyrl -> Кириллча

[manbasini tahrirlash]

Transliterator bandi bo'yicha "uz-latn" ostbandini "Lotincha", "uz-cyrl" ostbandini "Кириллча" yozuviga almashtirish mumkinmi? --CoderSI munozara 19:33, 19 sentabr 2012 (UTC)

Translatewiki'da topa olmadim, buni shu funksiyani tadbiq qilgan SPQRobindan soʻrash kerak. Abdulla munozara 09:12, 20 sentabr 2012 (UTC)
Men uz-latn va uz-cyrl bandlarini topdim. SPQRobin nima uchun -cha qoʻshimchasini qoʻshmaganiga hayronman. Siz qanday fikrdasiz? CoderSI munozara 19:25, 29 noyabr 2012 (UTC).
-cha qoʻshimchasini tilni bildiradi (lotincha = lotin tili, kirillcha = kirill tili (?)). Bu yerda lotin va kirill yozuvlari nazarda tutilgan. Abdulla munozara 06:02, 30 noyabr 2012 (UTC)
Lotincha yozuv, kirillcha yozuv degan soʻzlar ham mavjud deb oʻylayman. Mayli, men uchun -cha qoʻshimchasi qoʻshilishi-qoʻshilmasligining ahamiyati yoʻq. CoderSI munozara 10:15, 30 noyabr 2012 (UTC).

Bosh sahifadagi kamchiliklar

[manbasini tahrirlash]

Hurmatli administratorlar, men Bosh sahifada bir nechta kamchiliklarni ko'rib qoldim. Ruxsat mavjud bo'lganini to'griladim (O'zgartir -> O'zgartirish). Sahifa himoyalangan ekan "Kelasi nomer tayorlash"ni o'zgartira olmadim. Ushu gapda xato mavjud. "tayorlash" emas, "tayyorlash" deb yozish kerak edi. Ikkinchidan ruscha "nomer" so'zi o'rniga "son" so'zini qo'llash maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Men taklif qiladigan variant: Kelgusi sonni tayyorlash. Bundan tashqari "Koʻrib chiq" so'zini translatewiki.net dan topa olmadim. O'ylaymanki, kompyuter sahifaning manbasini ko'rib chiqishga qodir emas. Bu buyruq kimga berilmoqda? Foydalanuvchi o'ziga o'zi buyruq bermasa kerak har holda. Agar foydalanuvchilarni ko'rib chiqishga jalb qilish ma'nosida bo'lsa, "Ko'rib chiqing" o'rinli bo'lar edi. Lekin jalb qilishning zaruriyati yo'q deb o'ylayman. Manbasini ko'rishni istagan ishtirokchi foydalanaversin. Uni "Ko'rib chiqish"ga almashtirishni taklif bergan bo'lardim. -- CoderSI munozara 17:46, 27 sentabr 2012 (UTC)

Bu feʼllar gerundiy emas, balki infinitiv. Inglizchasiga qarashimiz kerak. Ruschada Лежать! degan buyruq berilsa, uni oʻzbekchaga Yotish! deb oʻgirilmaydi (yotilsin! tarjimasi aniq, lekin yot! qulayroq). Inglizchada Edit (msl, edit this page) feʼlini tahrirla (bu sahifani tahrirla) deb oʻgirilgandi. „Kelasi nomer tayorlash“dagi xatoni koʻrsatganingiz uchun rahmat, tuzatildi. „Koʻrib chiq“ iborasini ham almashtirish kerak, toʻgʻri aytasiz, inglizchada „show preview“ deyilgan, shuni oʻgirish kerak. Abdulla munozara 07:06, 28 sentabr 2012 (UTC)
Infinitiv bo'lishi mumkin, lekin inglizchada buyruq fe'li shaklida qo'llanilmayapti. Ruscha Лежать! so'ziga undov qo'shib boshqa ma'no keltirib chiqaryapsiz. Men yana boshqa tarjimalarini ham keltirishim mumkin: yotmoq, yotish, yotibdilar. Fe'lning buyruq shaklidan faqat lozim bo'lgandagina foydalanish zarur deb hisoblayman (Imzo chek, Saqlashdan oldin: Batafsil ko'rib chiq). Aks holda, tahrirlash oynasi tagidagi Voz kech buyrug'i sahifani o'zgartirmaslikka da'vat deb tushunilishi mumkin. Saqla buyrug'ini esa, ikki xil tushunish mumkin (Foydalanuvchiga: Esingdan chiqmasin saqlab qo'y, Kompyuterga: Saqla, O'zgarganlarni ko'rsat, ..., Batafsil ko'rib chiq?). Show preview iborasini esa, har xil tarjima qilish mumkin. Batafsil ko'rish yoki Batafsil ko'rsatish, Dastlab ko'rib chiqish, Oldindan ko'rib chiqish (ko'zdan kechirish, qarab chiqish, ..., tanishib chiqish, ko'z yugurtirish).
Bilishimcha, himoyalangan sahifalar qilingan tarjimalarni qabul qilmaydi. Qanday qilib qabul qildirsa bo'ladi? Balki, bir marotabaga himoyani o'chirib, keyin yana joyiga qaytarish kerakdir (Bosh sahifada)? --CoderSI munozara 20:28, 6 oktabr 2012 (UTC)

Bugun bu xushxabarni koʻrib hayron qoldim. Vikilugʻatimizni kimdir gullatyapti. Abdulla munozara 10:43, 17 dekabr 2012 (UTC)

Forumga yangicha koʻrinish

[manbasini tahrirlash]

Forum koʻrinishini oʻzgartirishga nima deysizlar? Masalan quyidagi koʻrinishga: [1] — Bu xabarni CoderSI (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

RuWiki forumi haddan oshiq koʻp boʻlimli, bunday qilish uchun bizda yetarlicha faollik yoʻq. Hozirgi koʻrinishi afzal, imho. Abdulla munozara 06:01, 26 dekabr 2012 (UTC)