Yelena Korotkova
Yelena Korotkova | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil 31-martda |
Vafoti | 1977-yil 13-oktabr |
Fuqaroligi | SSSR |
Yelena Yevgenyevna Korotkova (1906-yil 31-martda Oʻsh 1977-yil 13-oktabr) — Sovet geobotanisti.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelena Yevgenyevna Korotkova 1906-yil 31-martda Oʻsh shahrida tavallud topgan. Fargʻonada tahsil olib, 1926-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining botanika yoʻnalishiga oʻqishga kirdi. 1929-yildan u botanika bogʻida ishlagan holda SAGU biologiya fakultetida oʻqidi. Keyin Korotkova Butunittifoq ozuqa instituti filialida ishladi. 1933 — 1935-yillarda Yelena Korotkóva Oʻrta Osiyo yilqichilik ilmiy-tadqiqot stansiyasida ilmiy xodim boʻlgan. 1934-yildaYelena KorotkovaSAGUni tamomlagan, keyin SSSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston filialida ishlay boshlagan[1].
1940 — 1950-yillarda Yelena Korotkova P. Korovin , O. E. Knorring , M. M. Sovetkina va boshqa mashhur olimlar bilan birga ishlagan[2].
1943-yildan Yelena Korotkova O‘zbekiston SSR Kimyo instituti laboratoriyasida ishlagan. 1945 — 1646-yillarda Yelena Korotkova odamlarda toksik gepatitning sabablarini aniqlash uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining ekspeditsiyasida ishtirok etdi. U bu kasallikni keltirib chiqaradigan geliotropdan bir nechta alkaloidlarni ajratib oldi. 1949-yilda biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1960-yilda dorivor va texnik oʻsimliklar laboratoriyasi tashkil etildi, unga Yelena Korotkovarahbarlik qildi[3].
Yelena Korotkova 1977-yil 13-oktabrda vafot etdi.
Ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korotkova Ye. Ye. Novie vidi roda Hedysarum // Bot. mat. Gerb. In-ta bot. n zool. AN UzSSR. — 1947. — Vip. 9. — S. 6—14.
Korotkova Ye. Ye. Novie vidi roz // Bot. mat. Gerb. In-ta bot. n zool. AN UzSSR. — 1948. — Vip. 10.
Korotkova Ye. Ye. Novie vidi roda Cicer L. // Bot. mat. Gerb. In-ta bot. n zool. AN UzSSR. — 1948. — Vip. 10.
Korotkova Ye. Ye. Geliotrop — yadovitiy sornyak. — Tashkent: Izd. Akad. nauk UzSSR, 1951. — 16 s.(oʻzb.)
Korotkova Ye. Ye. Rod Hulthemia // Flora Uzbekistana. — Tashkent, 1955. — T. 3.
Korotkova Ye. Ye. Rhamnaceae, Thymelaeaceae // Flora Uzbekistana. — Tashkent, 1955. — T. 3.
Korotkova Ye. Ye. Rod Hedysarum // Flora Uzbekistana. — Tashkent, 1955. — T. 3. — S. 222—736.
Korotkova Ye. Ye. Rod Onobrychis // Flora Uzbekistana. — Tashkent, 1955. — T. 3. — S. 737—744.
Ye. Ye. Korotkova nomidagi oʻsimlik turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Astragalus korotkovae Kamelin & Kovalevsk., 1981
Jurinea korotkovae I.Turakulov & F. O. Khass., 1990
Polygonum korotkovae Sumnev., 1947
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „КОРОТКОВА ЕЛЕНА ЕВГЕНЬЕВНА“.
- ↑ „Короткова Елена Евгеньевна“.
- ↑ [https://www.insur-info.ru/photo/p509/ „Короткова Елена Евгеньевна Главный андеррайтер по неморским рискам ООО СПК «Юнити Ре»“].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pamyati Ye. Ye. Korotkovoy // Uzbekskiy biologicheskiy jurnal. — 1978. — Vip. 22. — S. 88.