Kontent qismiga oʻtish

Agglyutinatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agglyutinatsiya (lot. agglutina-tio -yopishish) — tibbiyotda zarrachalar, bakteriyalar, qizil va oq qon tanachala-ri (eritrotsitlar va leykotsitlar) va boshqa hujayralarning agglyutininlar (qon zardobi) ta’sirida bir-biriga yopishib, g‘uj-g‘uj bo‘lib cho‘kib tushishi. Ular or-ganizmning har xil kasalliklarida va immunitet hosil qilganda to‘planadi. Mas, tajriba hayvonlarini ich terlama-ga qarshi emlab, unda olingan zardob (im-mun zardob) ich terlama mikroblari bor muhitga ta’sir ettirilsa, mikroblar harakat qilishdan to‘xtaydi va g‘uj-g‘uj bo‘lib cho‘kib tushadi. Qon gruppasini aiiqlash, ba’zi yuqumli kasalliklarni tekshirish uchun qilinadigan serologik reaksiyalar A. ga asoslangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil