Kontent qismiga oʻtish

Rustam Dadabayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Dadabayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Alijonovich Dadabayev
Tavallud sanasi 27-noyabr 1982-yil (1982-11-27) (41 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002 Selengga Rossiya 9 (−4)
2003 Shoʻrtan
2006—2007 FK Quruvchi 37+ (0)
2011—2014 Alay Qirgʻiziston
2015 Oqtepa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rustam Alijonovich Dadabayev (ruscha: Дадабаев, Рустам Алижанович 1982-yil 27-noyabr, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chilonzor“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2000—2001-yillarda Toshkent „Paxtakor“ oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan.

2002-yilda u Rossiyaning ikkinchi divizioni „Selenga“ (Ulan-Ude) klubida oʻynagan va 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekistonga qaytib, quyi divizion klublarida, shu jumladan 2003-yilda „Shoʻrtan“ (Gʻuzor) takibida birinchi divizionda oʻynagan. Rustam 2006-yilda Toshkentning „Quruvchi“ tarkibida Oʻzbekiston birinchi divizioni gʻolibi boʻlgan, ammo klub oliy ligaga yoʻllanma qoʻlga kiritilgandan soʻng jamoani tark etgan.

2011-yilda u QirgʻizistonningAlay“ (Oʻsh) shahriga koʻchib oʻtgan va keyingi toʻrt mavsumni oʻtkazgan. Qirgʻiziston chempionati chempioni (2013) va bronza medali sovrindori (2012), Qirgʻiziston Kubogi gʻolibi (2013) sohibi boʻlgan. AFC Kubogi oʻyinlarida maydonga tushd. 2011-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Rustam Qirgʻiziston chempionati legionerlarining ramziy terma jamoasiga kiritilgan[1].

2015-yilda Oʻzbekiston qaytgan, bu safar Oqtepa klubida oʻynagan. Mavsum yakunida turnirning kumush medal sovrindori boʻlgan.