Abduhamidullo Rasulov
Abduhamidullo Rasulov | |
---|---|
Abduhamidullo Rasulov | |
Tavalludi |
10-yanvar 1976-yil |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Kasbi | Futbol Hakami |
Faoliyat yillari | 2003-2022 |
Mukofotlari |
Abduhamidullo Rasulov (1976-yil 10-yanvar, Toshkent) —oʻzbek futbol hakami. U ikkita jahon chempionatida ishlagan bosh hakam yordamchisi, Osiyoning ikki karra eng yaxshi laynsmeni (2011, 2012) sifatida tanilgan.[1]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduhamidullo Rasulov 1976-yil 10-yanvarda O‘zbekiston SSR poytaxti — Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2000-yillarning boshidan u futbol uchrashuvlarini boshqarib keladi. Milliy miqyosda bosh hakam, jumladan, O‘zbekiston oliy ligasi o‘yinlarini boshqargan.[2]
Eng yaxshi chiziq hakami sifatida tanilgan. 2005-yildan boshlab xalqaro darajadagi bosh hakam yordamchisiga aylandi. 2011-yilda Ravshan Ermatov brigadasi bilan 2011-yilgi Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan . 2013-yilda xuddi shu jamoa bilan Konfederatsiyalar kubogi bahslarida hakamlik qilgan. 2014-yilning yozida ham Ravshan Ermatov brigadasi bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining toʻrtta oʻyinida qatnashdi. 2015-yilda Abduhamidullo Rasulov Osiyo Kubogi-2015 hamda Osiyo Kubogi-2019 musobaqalarida bosh hakam yordamchilari roʻyxatiga kiritilgan edi. 2018-yilgi jahon chempionatida ham Ravshan Ermatov jamoasi azosi edi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ketma-ket ikki marta, 2011 va 2012-yillarda Osiyoning eng yaxshi qanot hakami deb topildi.[3][4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abduxamidullo RASULOV“ (deadlink). fifa.com (2014-yil 12-mart). 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Bunyodkor“ — „Mashʼal“: VideoprevyuAndoza:Недоступная ссылка
- ↑ „AFC Assistant Referee of the Year (Men): Abdukhamidullo Rasulov (Uzbekistan)“ (deadlink). the-afc.com (2012-yil 29-noyabr). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
- ↑ Abduxamidullo Rasulov vnov priznan luchshim lineynim arbitrom Azii[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA veb-saytidagi profil 2016-yil 31-mart kuni (Wayback Machine saytida 2016-03-31 sanasida arxivlangan)