Kontent qismiga oʻtish

Metabolizm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Moddalar almashinuvi bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7: Qator 7:


{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

2013-yil 8-iyun, 15:37 dagi koʻrinishi

Metabolizm (yun. metabole — oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reakiyalar majmui. M.da organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xreil boʻladi. "M." termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining (q. Moddalar almashinuvi) hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan M. tor maʼ-noda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xz^kayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir kator kimyoviy oʻzgarishlarga uchraydi. Bunday reaksiyalarning muayyan tartibda ketma-ket roʻy berishi metabolitik yoʻl, hosil boʻlgan oraliq mahsulotlar metabolitlar deyiladi. M. anabolizm va katabolizmdan iborat (q. Katabolizm). Anabolizmda hujayralar va toʻqimalar tarkibiga kiruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reaksiyalar, asosan, qaytarilish reaksiyalaridan iborat boʻlib, ular erkin kimyoviy energiya sarf boʻlishi orqali boradi (q. Qaytarilish reaksiyalari). Katabolitik reaksiyalar, asosan, oksidlanish reaksiyalaridan iborat boʻlib, unda murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalargacha parchalanadi va energiya ajralib chiqadi (q. Oksidlanish reaksiyalari). M.ning bu ikki tomoni oʻzaro chambarchas bogʻlangan (yana q. Assimilyasiya, Dissimilyasiya). [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil